Sezam Voyages — xalqaro turizm platformasi
Tur konstruktori, arizalar tizimi, mehmonxona, transport va restoran bazasi hamda Uzum Bank orqali Visa va Mastercard to‘lovlarini qabul qiluvchi to‘rt tilli platforma.

Vazifa
Tur dasturlari Word va Excelda yig‘ilardi, chet ellik mijoz esa onlayn to‘lay olmasdi — valyuta konvertatsiyasi va ekvayring foizi qo‘lda hisoblanardi.
Yechim
Tur mehmonxona, transport, restoran va gid bazasidan yig‘iladigan modulli platforma qurdik: har bir ariza avtomatik hisob-kitobli dasturga aylanadi, Uzum Bank Checkout esa dunyoning istalgan nuqtasidan Visa va Mastercard to‘lovini qabul qilib, USD/EUR/CNY ni so‘mga konvertatsiya qiladi va fiskal chekni shakllantiradi.
Natija
Chet ellik mijozlar to‘lovni bevosita saytdan amalga oshirmoqda, tur dasturi tayyorlash bir necha kundan 20 daqiqaga qisqardi.


