MS Cosmetology University — sayt, baholash tizimi va HEMIS integratsiyasi
Universitetning to‘liq raqamli ekotizimi: ochiq sayt, ichki reyting-baholash tizimi, HEMIS bilan ikki tomonlama sinxronizatsiya, Face ID davomat va QR talaba beji.

Vazifa
O‘qituvchilar baholarni qog‘oz jurnalda yuritar, keyin ularni HEMIS ga qayta qo‘lda kiritardi, davomat qog‘ozda olinar va talabalarda yagona identifikatsiya kartasi yo‘q edi.
Yechim
O‘quv rejalari, fanlar va guruhlar, joriy, oraliq va yakuniy baholardan iborat reyting daftari hamda transkriptlarni o‘z ichiga olgan ichki akademik modul yaratdik; uni HEMIS bilan ikki tomonlama sinxronlashtirdik, davomat uchun Face ID terminallarini uladik va QR kodli talaba bejlarini chiqarish hamda tekshirish tizimini joriy qildik.
Natija
Baholar HEMIS ga qo‘lda kiritilmaydi, davomat aniqligi 99% dan oshdi, talaba beji ikki daqiqada rasmiylashtiriladi.






