Blogga qaytish
technology
APPLE kompaniyasi iPhone 18 ning taqdimot kechasi haqida rasmiy ma'lumot berdi
Uzoq kutilgan taqdimot sanasi malum bo'ldi.APPLE ning rasmiy xabarlariga ko'ra 9- sentabr kuni taqdimot bo'lib o'tadi va hozirda taqdimot qatnashuvchilarga biletlar tarqatilmoqda.
Baxodir Umarov28-avgust, 20261 daqiqa o'qish1 ko'rish

Apple kompaniyasiniAng iPhone 18 Pro turkumidagi smartfonlari klassik qora rangda chiqarilmaydi. Bu haqda insayder “Instant Digital”ga tayanib, “MacRumors” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya o‘zining keyingi avlod premium modellari uchun qora rangdan voz kechmoqda. iPhone 17 Pro va iPhone 17 Pro Max brend tarixida qora yoki to‘q kulrang variantlardan mahrum bo‘lgan ilk flagmanlar bo‘lgandi. Hozirda ular faqat kumushrang (Silver), to‘q sariq rang (Cosmic Orange) va to‘q ko‘k (Deep Blue) ranglarda ishlab chiqarilmoqda.
“Bloomberg” jurnalisti Mark Gurmanning xabar berishicha, hozirda Apple iPhone 18 Pro uchun bir nechta an’anaviy variantlar bilan birga to‘q qizil korpus rangini sinovdan o‘tkazmoqda.
Bungacha insayderlar binafsha va jigarrang versiyalar haqida gapirgan, biroq Mark Gurmanning fikricha, bularning barchasi shunchaki sinovdan o‘tkazilayotgan qizil konsepsiyaning ko‘rinishlaridir.
Shu bilan birga, kompaniya, aksincha, o‘zining bo‘lajak buklama iPhone modeli uchun klassik ranglar palitrasidan foydalanishni rejalashtirmoqda. Ishlab chiqaruvchi yorqin ranglardan voz kechib, konservativ variantlar: kulrang (space gray) yoki qora, shuningdek, kumushrang yoki oq ranglarga ustunlik berishi kutilmoqda.
iPhone 18 Pro liniyasining rasmiy taqdimoti sentyabr oyida bo‘lib o‘tishi kerak, buklama smartfon esa bozorda o‘sha yilning biroz keyinroq muddatlarida paydo bo‘lishi mumkin.
#iphone18#iphone18promax
Ulashish
Blogga qaytish

